» » O‘zbekiston TIV Moskvadagi o‘zbekistonliklar ishtirokidagi mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Moskvadagi o‘zbekistonliklar ishtirokidagi mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Moskva shahrida 17-fevral kuni o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.

“O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 17-fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (salomatlikka qasddan o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.

Mavzuga doir: Moskvada o‘n nafar o‘zbekistonlik ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Mavzuga doir: Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv videosi e’lon qilindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют