» » Dunyoda eng yaxshi smartfonlar reytingi tuzildi

Dunyoda eng yaxshi smartfonlar reytingi tuzildi


Business Insider nashri dunyoda eng yaxshi smartfonlar 20 taligi reytingini tuzdi.

Akkumlyatorning kuchliligi, olingan rasmning tiniqligi va zamonaviy dizayni tufayli birinchi o‘rinni Xitoyning OnePlus 6T smartfoni egallagan. Bundan tashqari mutaxassislar uning raqobatdosh smartfonlarga nisbatan arzonligini ham hisobga olgan.

Ikkinchi o‘rinni iPhone XR egalladi. Mutaxassislar uni Apple smartfonlari orasida eng yaxshisi deb topgan.

Uchinchi pog‘onani eng yaxshi kemeraga ega Google Pixel 3 va Pixel 3 XL smartfoni egalladi.

Birinchi o‘ntalikka shuningdek, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, LG V40, iPhone X, Samsung Galaxy S9 Plus, iPhone 8 Plus va Samsung Galaxy S9 samartfonlari ham kirdi.

Ikkinchi o‘ntalikdan esa Samsung va Apple’ning bir nechta eski modellari joy oldi.

Mutaxassislar Amerikaning Razer kompaniyasiga qarashli Phone 2 (14 o‘rin) va chiroyli dizayni hamda ovozining balandligi va akkumulyator quvvatining yuqoriligi bilan o‘rin olgan Motorola modellari: Moto G6 va Moto Z3 (18 va 19 o‘rinlar) smartfonlarini ham qayd etgan.

Reytingning eng quyi pog‘onasini ushbu ro‘yxatda qwerty-klaviaturaga ega yagona smartfon BlackBerry Key2 egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют