» » Rossiya iqtisodiyotiga eng ko‘p Yevroittifoq, AQSh va Ukraina zarar keltirayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya iqtisodiyotiga eng ko‘p Yevroittifoq, AQSh va Ukraina zarar keltirayotgani ma’lum bo‘ldi


Dunyoning 62 davlati Rossiya tovarlariga cheklovlar kiritgan, bundan ko‘rilayotgan yillik zarar 6,3 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotiga eng ko‘p Yevroittifoq (2,4 milliard dollar) va AQSh (1,1 milliard dollar) zarar yetkazmoqda. Uchlikning Ukraina 775 million dollar bilan yakunlab bergan.

Kiritilgan cheklovlar soni bo‘yicha Yevroittifoq (25), Ukraina (22) va Hindiston (16) yetakchi bo‘ldi. AQSh atigi 9 ta cheklov joriy etgan.

Rossiyaga qarshi eng ko‘p cheklovlar kiritgan mamlakatlar ro‘yxatidan Belarus, Turkiya, Avstraliya, Tailand, Vyetnam va Braziliya ham o‘rin oldi. Bu harakatlardan asosan Rossiyaning metallurgiya (4 milliard dollar atrofida), qishloq xo‘jaligi (1,1 milliard dollar) va kimyo sanoati (640 million dollar) sohalari aziyat chekmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют