» » Qashqadaryoda maktabning 8-sinf o‘quvchisi do‘kondan 11 mln so‘m pul va mobil telefon o‘g‘irladi

Qashqadaryoda maktabning 8-sinf o‘quvchisi do‘kondan 11 mln so‘m pul va mobil telefon o‘g‘irladi


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, 2018-yil 16-noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga deraza oynasini sindirib kirib, u yerdan 11 300 000 so‘m puli va Samsung rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi S.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют