» » Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari aprel oyida Toshkentda yig‘iladi

Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari aprel oyida Toshkentda yig‘iladi


Toshkentda “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov unda nutq so‘zladi.

Sputnik’ning yozishicha, Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari aprel oyida Toshkent shahrida uchrashishini ma’lum qildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Afg‘oniston, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlari ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik anjuman doirasida mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют