» » Toshkentda 21-mart kuni 20 dan ziyod maydon va parklarda Navro‘z sayillari tashkil etiladi

Toshkentda 21-mart kuni 20 dan ziyod maydon va parklarda Navro‘z sayillari tashkil etiladi


Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha shahar ishchi guruhi tuzildi va tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 21-mart kuni shaharning 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida sayillar tashkil etiladi. Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Maxsus tayyorlangan sahnalarda qadimiy urf-odatlarga xos bo‘lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musoboqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi.

Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют