» » Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida yuqoriga ko‘tarildi

Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida yuqoriga ko‘tarildi


Butunjahon boks tashkiloti (WBO) fevral oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (15 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z o‘rnini yaxshilab olgan. Bu haqda GoSport xabar beradi.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rindan joy oldi. Ozbekiston bokschi sentabr oyiga qadar mazkur reytingda aynan 11-pog‘onada borgan va keyinroq biroz pastlab, yanvar oyi reytingida 13-o‘rinda qayd qilingandi.

Mazkur reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan. Ma’lumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 5, IBF reytingida esa 4-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov 30-mart kuni yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta galaba, 3 ta durang, 1 ta maglubiyat) qarshi IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli da’vogar bo‘lish uchun ringga chiqadi. Obara reytingda 15-o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют