» » Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vaznidagi o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13-aprel kuni Ergashevning 17-jangi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahridagi Boardwalk Hall arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi jangini 15-fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют