» » Qoraqalpog‘istondagi agrofirmaga 114 bosh Yangi Zelandiya quyoni keltirildi: ular yiliga to‘rt bor bolalaydi

Qoraqalpog‘istondagi agrofirmaga 114 bosh Yangi Zelandiya quyoni keltirildi: ular yiliga to‘rt bor bolalaydi


Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi Plutos Lapin kompaniyasida Yangi Zelandiya quyonlari parvarishlanayotgan bo‘lib, u yuqori sifatli mo‘yna yetishtirib, aholiga parhez go‘sht yetkazib bermoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu yerda ko‘paytirish uchun xorijdan 114 bosh Yangi Zelandiya quyoni keltirilgan. Bank tomonidan taqdim etilgan kredit mablag‘ining 100 million so‘miga quyonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratilgan.

Xabar berishlaricha, bu quyonlar yiliga to‘rt marta bolalaydi. Agrofirmada quyonlarning sonini 10 ming boshga yetkazib, yiliga 2 tonna parhez go‘sht yetishtirish rejalashtirilgan.

Ayni paytda 4000 boshga mo‘ljallangan quyonxona, 400 tonna poliz-sabzavot mahsulotlari saqlanadigan muzlatgichli omborxonani qurish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, inshoot Navro‘z bayramida foydalanishga topshiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (9-03-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют