» » “Rossiya 1” telekanalida Xorazm haqida ko‘rsatuv efirga uzatiladi

“Rossiya 1” telekanalida Xorazm haqida ko‘rsatuv efirga uzatiladi


Rossiyaning “Rossiya 1” telekanali ijodiy xodimlari kuni kecha Xorazm viloyatida bo‘ldi. Mark Bogatiryov teleboshlovchilik qiladigan “Po sekretu vsemu svetu” teleko‘rsatuvining O‘zbekistonga bag‘ishlangan navbatdagi sonini suratga olish uchun ijodkorlar ikki kun davomida Xorazmning qadimiy an’analari va to‘y marosimlariga guvoh bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Xorazmcha kelin salom an’anasi, milliy taom tayyorlanish jarayoni, milliy hunarmandchilik namunalari hisoblangan misgarlik va naqqoshlik maktablari faoliyatlarini tasvirga olishdi. Shuningdek, Xiva shahridagi “Nurillaboy saroyi”,“Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi obidalari “Rossiya 1” obyektivi markazida bo‘ldi. Bu jarayonda ijodkorlar oddiy aholi uylarida mehmon bo‘ldi.

Ijodiy guruh jamoasi Xorazm xalqining mehmondo‘stligi, do‘stona samimiyatiga havas qildi. Qayd etish joizki, 18 daqiqa davom etadigan “Po sekretu vsemu svetu” ko‘rsatuvi har hafta shanba kunlari “Rossiya 1” telekanalida efirga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют