» » Toshkent hayvonot bog‘ida Safari parki va akvanarium quriladi

Toshkent hayvonot bog‘ida Safari parki va akvanarium quriladi


Joriy yilda Toshkent hayvonot bog‘iga Moskva hayvonot bog‘idan o‘n turdagi hayvonlar olib kelinishi rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining “2016 – 2020-yillar davomida Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent hayvonot bog‘i hududi kengaytirilib, Safari parki ochiladi. Yangi akvanarium binosi qurilib, bu yerda dengiz hayvonlarining turlari ko‘paytiriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga uyushtirilgan press-turda ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.

– Toshkent hayvonot bog‘i 21,5 gektar maydonni egallagan, – deydi bog‘ direktori Bahodir Musayev. – Mazkur hayvonot bog‘i 13 bo‘limdan iborat. Bu yerda 346 turdagi 10 mingdan ortiq hayvon mavjud. Bir yilda ushbu hayvonot bog‘iga 650 mingga yaqin fuqaro tashrif buyuradi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent hayvonot bog‘i 2000-yildan boshlab nufuzli “YeARAZA” – Yevropa-Osiyo hayvonot bog‘lari akvariumlarining hududiy assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Mazkur hayvonot bog‘i “YeARAZA” orqali ko‘plab xorijiy davlatlar hayvonot bog‘lari bilan yaqin aloqa o‘rnatib, hayvonlarni bepul manfaatli ayirboshlash hamda qimmatbaho ma’lumotlar olib turish imkoniga ega.

Bog‘ mutasaddilarining ma’lum qilishicha, 2016-yil 20-mayda Vazirlar Mahkamasining “2016 – 2020-yillar davomida Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, Toshkent hayvonot bog‘ini zamonaviy madaniy-tomosha va ilmiy-ma’rifiy davlat muassasasi sifatida rivojlantirish, hayvonot bog‘i kolleksiyasini noyob hamda ekzotik hayvonlar bilan to‘ldirilishi ta’minlanadi.

Hayvonlarni saqlash uchun qulay shart-sharoit yaratiladi. Shuningdek, hayvonot bog‘i obyektlari qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq jihozlash yo‘li bilan hayvonot bog‘i infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish choralari ko‘riladi.

Zoologik izlanishlar, laboratoriyalar, zoomuhandislikni rivojlantirish uchun zamonaviy ilmiy majmua tashkil etish yo‘li bilan ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, hayvonlarni tutqunlikda sun’iy ko‘paytirish, boshqa hayvonot bog‘lari bilan hayvonlarni ayirboshlash, hayvonot bog‘i genofondini saqlash, to‘ldirish hamda yanada boyitish ishlari olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют