» » Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi


Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Talantjon Esirgapov o‘z vazifasidan bo‘shatilgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Hozircha Talantjon Esirgapovning o‘rnida kim ish boshlagani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida Samarqand shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Sattorov ham o‘z vazifasidan bo‘shatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют