» » Turkiya diplomatlari Shveysariyadan boshpana so‘radi

Turkiya diplomatlari Shveysariyadan boshpana so‘radi


Turkiya diplomatik pasportlariga ega bir necha kishi boshpana so‘rab Shveysariya hukumatiga murojaat qildi. Bu haqda Tages-Anzeiger gazetasiga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, boshpana so‘ragan shaxslar ro‘yxatida Turkiyaning Shveysariyadagi sobiq ishonchli vakili Vo‘lkan Karago‘z ham bor.

Karago‘z o‘z vatanida quvg‘indagi turk diniy targ‘ibotchisi Fathulloh Gulenni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

Boshpana so‘ragan diplomatlar soni haqida ma’lumot berilmadi. Ushbu axborotni na Shveysariya, na Turkiya hukumati izohladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya rahbariyati diniy targ‘ibotchi Fathulloh Gulenni 2016-yil 15-iyulidagi davlat to‘ntarishiga urinishning asosiy tashkilotchisi deb hisoblaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют