» » Payariqda Samarqand viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 600 murojaat tushdi

Payariqda Samarqand viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 600 murojaat tushdi


Bugun, 19-fevral kuni Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi xalq bilan muloqoti sayyor qabul shaklida Payariq tumanida o‘tkazildi.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berishicha, 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan sayyor qabulda 602 nafar fuqaro tomonidan murojaatlar ro‘yxatga olingan.

Tumanda yashovchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari bilan qatnashdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, barcha masalalar viloyat hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi va 22-fevral kuni ijro holati muhokama etilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют