» » “Paxtakor” g‘alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqdi, OKMK esa yirik hisobda yutqazdi (video)

“Paxtakor” g‘alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqdi, OKMK esa yirik hisobda yutqazdi (video)


19-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi safarda Saudiya Arabistoning “Al-Nassr” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 55-daqiqasida Umar Havsaviy burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni OKMK darvozasiga joylab qo‘ydi (1:0). 62-daqiqada esa Sulton al-G‘annam jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Juliano 80 va 90+3-daqiqalarda gol urib, hisobni yiriklashtirdi (3:0) va dublga erishdi.

Shu tariqa Olmaliqning OKMK klubi mehmonda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqaning saralash bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi esa BAAning “Al-Nasr” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 31-daqiqasida Dragan Cheran penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib Marat Bikmayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Alvaro Negredo o‘z xatosini to‘g‘irlab, hisobni qisqartirdi (2:1). Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “sherlar” safarda “Al-Nasr” klubini kichik hisobda mag‘lub etdi va musobaqa guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (2:1).

OChL

3-saralash bosqichi bahslari

19-fevral, seshanba

Gollar: 0:1 — 31, penalti, Dragan Cheran, 0:2 — 50 Marat Bikmayev, 1:2 — 60 Alvaro Negredo

Gollar: 1:0 — 55 Umar Havsaviy, 2:0 — 62 Sulton al-G‘annam, 3:0 — 80 Juliano, 4:0 — 90+3 Juliano.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют