» » Narimon Umarov qumqo‘rg‘onlik fuqaroga 100 ta tovuq uchun kredit olib berdi

Narimon Umarov qumqo‘rg‘onlik fuqaroga 100 ta tovuq uchun kredit olib berdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” partiyasi fraksiyasi rahbari Narimon Umarov hamda Surxondaryo viloyatidan saylangan deputatlar viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardagi xonadonlarga tashrif buyurib, aholining hayoti, turmush tarzini o‘rgandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Narimon Umarov o‘rganish davomida tumandagi “Yangi avlod” mahallasida istiqomat qiluvchi Anvar Nazarov xonadonida bo‘ldi.

“Deputatlarning aralashuvi bilan Anvar Nazarovga tijorat bankidan 100 dona tovuq parvarishlash uchun kredit ajratiladigan bo‘ldi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Deputatlar Qumqo‘rg‘ondagi haqiqiy holatni o‘rganish yuzasidan ko‘pgina ijtimoiy ob’ektlarda bo‘lib, jumladan, “Bobotog‘” va “Bobolochin” qishloq vrachlik punkt (QVP)larini birlashtirish borasidagi tashabbus har jihatdan o‘zini oqlashini e’tirof etdi.

Narimon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, “ikki QVPni birlashtirish orqali ‘Bobolochin’ QVP negizida oilaviy poliklinika tashkil etiladi”.

Ma’lumot uchun, Narimon Umarov 2015 va 2016-yilgi O‘zbekiston Prezidenti saylovlarida Prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etgan edi. Umarov 2015-yilgi saylovda 2,05 foiz (to‘rt nomzod orasida oxirgi), 2016-yilgi saylovda esa 3,46 foiz (to‘rt nomzod orasida uchinchi) ovoz olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют