» » Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng Xitoyga borishi mumkin

Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng Xitoyga borishi mumkin


Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 27—28-fevral kunlari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashganidan so‘ng Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In o‘tgan yili Singapurda Tramp bilan uchrashganidan so‘ng Si Szinpinni muzokaralar natijasi haqida xabardor qilish uchun Xitoyga borgan. Singapurga borishdan bir oy oldin ham Kim Chen In Xitoyda bo‘lgan. Bu yil ham shunday bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

“Ayni damda Kim Chen Inning Xitoyga bahorda tashrif buyurishi ehtimoli yuqori”, — deyiladi xabarda.

Kim Chen In joriy yil davomida Si Szinpin bilan to‘rt marta uchrashgan. Birinchi uchrashuv 2018-yil 12-iyul kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют