» » Nikol Kidman nima uchun “Oskar” taqdimotida bunday g‘alati qarsak chalganini tushuntirdi

Nikol Kidman nima uchun “Oskar” taqdimotida bunday g‘alati qarsak chalganini tushuntirdi


“Oskar” mukofotining 89-taqdimoti vaqtida aktrisa Nikol Kidman qarsak chalishni bilmasligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Meduza. The Independent san’atkorning qarsak chalish usulini “eng avangard” deb tan oldi. Mashable’ning talqini bo‘yicha esa Kidman xuddi dengiz mushugidek qarsak chalgan.

Kidman 9-mart, payshanba kuni Kyle and Jackie O radioshousidagi chiqishi davomida nima uchun bunday qarsak chalganini tushuntirib berdi.

“Juda ham noqulay edi. Bu juda murakkab holat edi — qo‘limda katta, boz ustiga, meniki bo‘lmagan uzuk bor edi. Biroq u a’lo darajada ishlangan edi va men uni sindirib qo‘yishdan qo‘rqqandim”, — deya izohladi Kidman.

Aktrisaning qo‘shimcha qilishicha, agar u o‘sha vaziyatda qarsak chalmaganida, hamma nima uchun u qarsak chalmaganini muhokama qilgan bo‘lardi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют