» » Toshkentda 30 kishi SSSR pasportlari bilan yashayotgani aniqlandi

Toshkentda 30 kishi SSSR pasportlari bilan yashayotgani aniqlandi


SSSR pasportlari egalari uyma-uy yurish vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlangan, deya xabar beradi “Nuz.uz”.

Ba’zi fuqarolar o‘zlari migratsiya va fuqarolikni ro‘yxatga olish bo‘linmalariga murojaat qilgan.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayevning Mirobod tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli vaqtida 54 yoshli er va xotin Igor va Irina S. hamda ularning farzandlari 32 yoshli Olga va 31 yoshli Andreylar eski pasportlarini (SSSR davridan qolgan) almashtirib berish masalasi bilan murojaat qilgan.

Toshkent shahar Fuqarolikni rasmiylashtirish va migratsiya boshqarmasi boshlig‘iga ushbu fuqarolarning biometrik pasportlari bilan imkon qadar tezroq ta’minlash bo‘yicha topshiriq berilgan.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning noyabridan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportiga ega bo‘lmagan 2036 nafar fuqaro aniqlangan.

Ulardan 31 nafari hozirgacha sobiq SSSR pasporti bilan yashagan. Bugungi kunda 1760 nafar, shu jumladan 14 nafari “qizil” pasporti bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют