» » Toshkent davlat agrar universiteti Missisipi universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat agrar universiteti Missisipi universiteti bilan hamkorlik qiladi


Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonovning O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida AQShga tashrifi davomida Missisipi shtati universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda Toshkent davlat agrar universiteti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kelishuv O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida imzolangan.

Buning natijasida o‘zbekistonlik talabalar Missisipi shtati universitetining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot o‘tkazishlari, professor-o‘qituvchilar esa AQShda malaka oshirishlari, shuningdek, AQShning yuqori malakali mutaxassislarni Toshkent davlat agrar universitetida o‘quv jarayoniga jalb etish va ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, B.Sulaymonov Missisipi shtatining Alkorn universiteti prezidenti D.Li va Shimoli–G‘arbiy kollej prezidenti Sh.Makkey bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida Toshkent davlat agrar universiteti Shimoli–G‘arbiy kollej va Alkorn universitetlari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi professor-o‘qituvchilarni ToshDAUda ma’ruzalar o‘qishlarini, shu jumladan vebinarlarni joriy etishga kelishib olindi.

Joriy yilning aprel oyida Missisipi shtati universitetining rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi. Ushbu tashrif davomida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Missisipi shtatining Alkorn universiteti va Shimoliy–G‘arbiy kollej o‘rtasida shartnoma va yo‘l xaritalari imzolanishi kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют