» » O‘zbekistonda davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish elektron usulda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish elektron usulda amalga oshiriladi


Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Hujjat bilan davlat mulki ob’ektlarini sotishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish muddati 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

2019-yil 1-iyuldan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish savdolari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi.

“E-IJRO AUKSION”da 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi.

Xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari to‘lov muddatlarini uzaytirish va chegirmalar taqdim etish mexanizmlari qo‘llanilmagan holda sotiladi.

Davlat organlari qarorlari bo‘yicha sotilgan ob’ektlarning oldi-sotdi shartnomalari majburiy notarial tasdiqlanmaydi.

“Nol” qiymatda sotishda, shu jumladan, avval sotilgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boshlab bir yil davomida yangi ish o‘rinlarini saqlab qolish tartibi bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют