» » “ROBO CODERS—2019” tanlovining birinchi tur natijalari ma’lum bo‘ldi

“ROBO CODERS—2019” tanlovining birinchi tur natijalari ma’lum bo‘ldi


“ROBO CODERS—2019” joriy yilning 4-fevralidan boshlab yoshlar o‘rtasida robototexnika oid masalalarni ishlash bo‘yicha tanlov o‘tkazmoqda, deb yozadi Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi matbuot xizmati.

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etmoqda. Tanlovda ishtirok etish uchun mantiqiy matematik masalalar yechimi uchun kodlar yozish qobiliyatiga ega bo‘lish talab etiladi.

Tanlovning birinchi bosqichi 2019-yil 17-fevralda o‘kazilgan bo‘lib, unda ishtirokchilarga robototexnikaga oid mantiqiy hisob-kitoblar va algoritmlarga oid topshiriqlar berilgan.

Algoritmlarning o‘ziga xosligi va topshiriqni ishlash uchun sarflangan vaqtga qarab final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar robotcslab.tuit.uz tizimi orqali aniqlangan va ular orasida 50 nafar ishtirokchi final bosqichi uchun saralangan.

Ikkinchi — yakuniy bosqich 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют