» » Jorjio Kyellini dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini ma’lum qildi

Jorjio Kyellini dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini ma’lum qildi


“Yuventus” himoyachisi Jorjio Kyellini Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yindan oldin “Real” sardori Serxio Ramosni dunyoning eng yaxshi himoyachisi ekanligini ta’kidladi.

Italiyalikning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi maydondagi ikkala jamoaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi.

“Ayni damda Ramos jahonning eng yaxshi himoyachisi hisoblanadi va u bunga loyiq. U nafaqat maydonda, balki kiyim almashirish xonasida ham yetakchi. Ramos maydondagi ikkala jamoaga ham ta’sir ko‘rsata oladigan o‘yinchilardan biri hisoblanadi”, — deya Kyellinining so‘zlarini keltirib o‘tadi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko Madrid”—“Yuventus” bahsi 20-fevral, tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют