» » Farg‘ona viloyatida bemorlar uchun ajratilgan psixotrop moddalarni boshqalarga pullagan psixiatr qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida bemorlar uchun ajratilgan psixotrop moddalarni boshqalarga pullagan psixiatr qo‘lga olindi


Obid Alimov Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasida shifokor-psixiatr lavozimida ishlagan. O‘z vazifasiga ko‘ra ruhiy holati buzilgan bemorlarni davolab, zarur bo‘lganida psixotrop moddalar ko‘magidan foydalangan. Shifokor Tibbiyot birlashmasi dorixonasida psixotrop moddalar uning ruxsati bilan berilishidan g‘arazli niyatda foydalangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O.Alimov psixotrop moddalarni sotgani uchun sud tomonidan tibbiyot sohasida moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 2 yil axloq tuzatishga hukm etilgan edi. Shunga qaramasdan u psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanish niyatidan qaytmadi.

Kunlarning birida ushbu tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Kamol Qosimov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) O.Alimovga bemoriga yozadigan psixotrop moddasini birgalikda sotishni taklif etadi va u mo‘may daromad ilinjida bunga rozi bo‘ladi.

O.Alimov bemori Saltanat Madiyevaga “Fenazepam 1 mg“ psixotrop moddasini ko‘p miqdorda yozib, ortiqchasini K.Qosimovga berib ketishini tayinlaydi. Bemor K.Qosimovga 10 dona tabletkadan iborat 1 dona konvalyutadagi ko‘p bo‘lmagan miqdordagi vazni 0,01 gramm “Fenazepam 1 mg“ psixotrop moddasini sotadi.

K.Qosimov esa ushbu psixotrop moddasini o‘z xizmat xonasida M.Xolmatovaga sotayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

O.Alimov, K.Qosimov va S.Madiyeva O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-modda (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi “b” bandi bilan ayblangan.

K.Qosimovga bir yil tibbiyot sohasida moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, yetti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. S.Madiyevaga ham yetti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Ular Jinoyat kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, uch yil sinov muddati bilan shartli hukm qilindi.

O.Alimov 2 yil-u 6 oy tibbiyot sohasida moddiy, mansabdorlik va hakim (vrach)lik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Unga oylik ish haqining o‘ttiz foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют