» » Samarqandda odam urib yuborgan shaxsga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Samarqandda odam urib yuborgan shaxsga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida mashinada odam urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchining sudi bo‘lib o‘tdi.

Hodisa 2018-yil 23-noyabr kuni soat taxminan 10:30 atrofida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan Abdumanon Bulakov Samarqand tumani “O‘zbekkenti” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalla ichki yo‘lida 1962-yilda tug‘ilgan T.U.ni urib yuborgan. Natijada T.U. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining “O‘rtashiq” mahallasi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida mazkur holat avtroflicha o‘rganib chiqilgan. Sudlanuvchi Bulakov sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilgan ishidan pushaymon ekanligi bildirgan.

Sudya D.Nuraliyev raisligida o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning fikrlari to‘liq tinglanib, sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra, Abdumanon Bulakov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib 3 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют