» » Dehqonoboddagi qorli yo‘lda ikkita Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Dehqonoboddagi qorli yo‘lda ikkita Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)


Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining “Oqrabot” qishlog‘ida 20-fevral kuni tonggi soat 6:00 da ikkita Nexia va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH yuz bergan vaqtda yo‘l qor bilan qoplangan bo‘lgan. Bu haqda “Daryo”ga Dehqonobod tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchi yordamchisi Nuriddin Ochilov ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi Nexia M39 Toshkent–Termiz yo‘lining 1314-kilometrida harakatlanib kelib, oldindagi qumqo‘rg‘onlik haydovchi 1984-yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi Nexia’ni quvib o‘tishga kirishgan. Shu payt Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, denovlik 1992-yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

“Xabar.uz” nashrida e’lon qilingan suratda Nexia’lardan birining old tomoni pachoqlanib ketgani, orqa tomoni esa ikkinchi Nexia’ning ustiga chiqib qolganini ko‘rish mumkin.

YTH oqibatida Nexia yo‘lovchisi 1998-yilda tug‘ilgan O.A. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Hodisa oqibatida boshqa jarohat olganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют