» » Olimlar DNK tahlili yordamida Avstraliya tub aholisining 50 ming yil avvalgi qit‘ada ko‘chish jarayonini kuzatdi

Olimlar DNK tahlili yordamida Avstraliya tub aholisining 50 ming yil avvalgi qit‘ada ko‘chish jarayonini kuzatdi


Qadimgi aborigenlar Avstraliyada taxminan 50 ming yil avval paydo bo‘lgan. Tarixiy belgilarga ko‘ra, ularning qabilalari qit’ada juda tez tarqalib, o‘rnashib olgandan so‘ng hech qayerga qo‘zg‘almagan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Bunday xulosa Adelaida universiteti olimlari tomonidan 111 nafar aborigenning soch tolalari DNKsining chuqur tahlilidan so‘ng berildi. Soch tolalari 1928—1970-yillarda Kvinslend va Janubiy Avstraliya shtatlarida olib borilgan antropologik ekspeditsiyalar vaqtida yig‘ilgan. Ekspeditsiyadan so‘ng soch tolalari Janubiy Avstraliya tabiiy tarix muzeyida saqlangan. Olimlar tadqiqotni Yashil qit’aning tub aholisi tashkilotlari rahbarlaridan tegishli ruxsatnomani olganidan so‘ng, yaqin yillarda boshladi.

“Biz mitoxondrial DNK tahlili natijalarini Avstraliya hududidagi odamning eng mashhur qadimgi manzillari haqidagi ma’lumotlar bilan taqqosladik. Aborigenlarning ajdodlari Avstraliyaga taxminan 50 ming yil avval hozirgi Papua-Yangi Gvineya  hududidan kelib o‘rnashgan, — deb hikoya qiladi tadqiqot mualliflaridan biri professor Alan Kuper. — Keyin esa ular ikki guruhga bo‘linib, qit’aning qirg‘oqbo‘yi hududlarini egallay boshladi. Qabilalarning birinchi guruhi soat mili yo‘nalishida, ikkinchi guruhi esa teskari yo‘nalishda harakatlangan. Taxminan 1000—5000 yildan so‘ng guruhlar qit’a janubida uchrashdi. Shundan so‘ng hech qanday yirik ko‘chish yuz bermagan”.

Kuperning fikriga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari aborigenlarning o‘troq bo‘lib yashashi va tug‘ilgan joyiga bog‘lanib qolishi kabi ko‘plab yevropaliklarga g‘alati tuyuladigan odatlariga oydinlik kiritadi.

“Ular bu yerda uzoq yillardan buyon yashamoqda va ko‘plab ekologik hodisalarga guvoh bo‘ldi. Shuning uchuin ularning hayoti o‘zi yashayotgan hududga bevosita bog‘liq. Chunki ular aynan o‘zi tug‘ilgan joyda iqlim o‘zgarishlarini qanday yengib o‘tishni yaxshi biladi”, — deb tushuntiradi olim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют