» » Xitoy AQShni kiberjosuslikni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy AQShni kiberjosuslikni to‘xtatishga chaqirdi


Xitoy AQShni fuqarolar ortidan elektron kuzatuvni to‘xtatish va boshqa davlatlarga nisbatan kiberjosuslik bilan shug‘ullanmaslikka chaqiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qo‘llanadigan kiberjosuslik uslublari haqida WikiLeaks e’lon qilgan ma’lumotlarga shu tariqa munosabat bildirdi.

“Biz bu vaziyatdan xavotirdamiz. Xitoy har qanday kiberhujumlarga qarshi chiqib kelmoqda. Biz AQShni fuqarolarni kuzatish, shuningdek, Xitoy va boshqa mamlakatlarga nisbatan josuslik hamda kiberhujumlarni to‘xtatishga chaqiramiz”, — deya ta’kidladi diplomat. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh maxfiy xizmatlari xodimi Edvard Snouden mamlakat rasmiylari smartfonlarda zaif joylar qoldirganini “aqlsizlik” deb atagandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют