» » YChL. “Yuventus” “Atletiko”ga yutqazib qo‘ydi, “Man Siti” esa “Shalke-04”dan ustun keldi (video)

YChL. “Yuventus” “Atletiko”ga yutqazib qo‘ydi, “Man Siti” esa “Shalke-04”dan ustun keldi (video)


20-fevral, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv o‘tkazildi.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” “Shalke-04” mehmoni bo‘lib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. 18-daqiqada Serxio Aguero gol urib, “shaharliklar”ni hisobdan oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 38 hamda 45-daqiqalarda Bentaleb penaltidan 2 ta gol urib, ustunlikni “Shalke-04” tomoniga og‘dirdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida Niklas Otamendi ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, “Siti” 85 hamda 90-daqiqalarda Leroy Sane va Rahim Sterlinglarning gollari sabab, dastlabki to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal qildi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi Diyego Simeone boshliq “Atletiko Madrid” jamoasiga qarshi safarda bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob 78-daqiqada Xose Himenes tomonidan ochildi. 83-daqiqada Diyego Godin mezbonlarning 2:0 hisobida o‘yinni yakunlanishini ta’minlaydigan golni urdi.

YChL1/8 final bahsi

20-fevral, chorshanba

Gollar: 0:1 – 18 Aguero, 1:1 – 38, penalti Bentaleb, 2:1 – 45, penalti Bentaleb, 2:2 – 85 Sane, 2:3 – 90 Sterling.

“Shalke-04”: Fermann, Bruma, Sane, Nastasich, Mendil (Burgshtaller, 65), Serdar, Ochipka, Makkenni (Skribski, 78), Kalidjuri, Bentaleb, Ut (Xarit, 87).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandinyo, Silva (Kompani, 70), Gundo‘g‘on, Bernardu Silva, de Bryuyne (Zinchenko, 87), Sterling, Aguero (Sane, 78).

Ogohlantirishlar: Otamendi (36), Ut (41), Fernandinyo (43), Sane (73).

Chetlatish: Otamendi (68).

Gollar: 1:0 – 78 Himenes, 2:0 – 83 Godin.

“Atletiko”: Oblak, Himenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Parti (Lemar, 61), Rodri Ernandes, Koke (Korrea, 67), Grizmann, Diyego Kosta (Morata, 58).

“Yuventus”: Shensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Bentankur, Pyanich (Jan, 73), Matyuidi (Joau Kanselu, 84), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 80), Manjukich.

Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (8), Parti (45), Aleks Sandro (55), Grizmann (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют