» » Kayman orollarida g‘avvos akulaning boshiga sanchilgan pichoqni chiqarib oldi (video)

Kayman orollarida g‘avvos akulaning boshiga sanchilgan pichoqni chiqarib oldi (video)


Dayving bo‘yicha yo‘riqchi Kayman orollarida akulaning boshidan 30 santimetrli pichoqni chiqarib olib, yirtqichning joniga oro kirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Videosi tarmoqda paydo bo‘lgan hodisa o‘tgan haftada, g‘avvoslar guruhining Kayman Brak oroli yaqinida suvga sho‘ng‘ishi vaqtida ro‘y berdi.

Guruhga kuzatuvchilik qilayotgan yo‘riqchi Ben Jonson marjon qoyalari yonida bezovtalanib, bir joyda aylanayotgan akulani payqadi. Unga yaqinlashib, Jonson yirtqichning boshidan pichoq chiqib turganini ko‘rdi.

Baliq yordam so‘rayotgandek taassurot qoldirdi, shu bois Ben akulaga yaqinlashib, jonivorning boshidan pichoqni chiqarib oldi.

Akulaga kim pichoq sanchgani noma’lum. Kayman orollarida 2015-yildan beri ularni ovlash man etilgan. Bunga rioya etmaganlarga 4 yil qamoq va 500 ming dollar jarima jazosi belgilanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют