» » O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro ziyorat forumi Buxoroda boshlanmoqda

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro ziyorat forumi Buxoroda boshlanmoqda


O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi Xalqaro forumining Buxoroda tashkil etilgani jahon hamjamiyati qiziqishini oshirmoqda. Forum bugun, 21-fevraldan o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakat sayyohlik imkoniyatlari va salohiyatini targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekistonni islom dunyosida ziyorat-turizmi bo‘yicha yirik markazlardan biri sifatida xalqaro e’tirof etish maqsadiga qaratilgan mazkur Forum O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda UNESCO va UNWTO ko‘magida “O‘zbekiston havo yo‘llari” hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Forumda 120 dan ortiq islom dunyosidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, tegishli idoralar, ziyorat turizmi bo‘yicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, shuningdek, 14 nafar xorijiy OAV vakillari, jumladan, Euronews (Fransiya), Al Jazeera (Qatar), “Al-Axram al-Iktisadi” (Misr) jurnali va Diplomatic News (Pokiston), “Kommersant” (Rossiya), “Al-Vajxat” (Ummon), Al Hayat (Saudiya) gazetalari xodimlari ham ishtirok etadi.

Forumda asosan, hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolash ko‘zda tutilgan. Mamlakatning asosiy sayyohlik markazlarida infratuzilmani takomillashtirishga xorijiy investorlarni jalb etish muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Milliy PR – markaz” DUK hamda “Global Muslim Traveler Index” doirasida “MATTA” (Malaziya), “Crescent Rating” (Singapur) uyushmalari, Jakarta targ‘ibot fondi (Indoneziya) o‘rtasida Memorandum imzolash rejalashtirilgan. Forum davomida O‘zbekistonda ziyorat-turizmini kelgusidagi istiqbollari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi. Shuningdek, respublikaning ziyorat turizmi imkoniyatlari haqida jahon hamjamiyatini xabardorlik darajasi oshishi, O‘zbekistonning yangi sayyohlik brendini ishlab chiqish, ziyoratchilar talablarini inobatga olgan holda mavjud turistik marshrutlarni takomillashtirish ham kutilmoqda.

Furqat Xo‘jayev, Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i

Forum qatnashchilari Buxoro va Samarqandning turistik salohiyatlari bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, I Xalqaro ziyorat turizmi forumi 23-fevralgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют