» » Toshkent viloyati YHXB jarimalarni vaqtida to‘lamagan haydovchilarga murojaat qildi

Toshkent viloyati YHXB jarimalarni vaqtida to‘lamagan haydovchilarga murojaat qildi


Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi belgilangan jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarga ochiq murojaat bilan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Murojaatda qayd etilishicha, viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ravishda ishlab turibdi.

Joriy yilning 20-fevral holatiga ko‘ra, belgilangan tezlikka rioya etmagan haydovchilar soni 3985 nafarga yetgan.

Ular orasida belgilangan jarimani o‘z vaqtida to‘lamayotgan avtotransport egalari ham bor. Angren shahridagi 47, Bekobod tumanidagi 8, Bekobod shahridagi 4, Bo‘ka tumanidagi 14, Bo‘stonliq tumanidagi 32, Zangiota tumanidagi 149, Qibray tumanidagi 46, Quyi Chirchiq tumanidagi 29, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 28, Olmaliq shahridagi 26, Ohangaron tumani va shahridagi 54, Parkent tumanidagi 88, Piskent tumanidagi 15, Toshkent tumanidagi 15, O‘rta Chirchiq tumanidagi 47, Chinoz shahridagi 80, Chirchiq shahridagi 44, Yuqori Chirchiq tumanidagi 63, Yangiyo‘l tumani va shahridagi 166 nafar haydovchi shular jumlasidan.

Shu kunlarda jarimani to‘lamay kelayotgan haydovchilar ta’qib ostiga olingan. Belgilangan 60 kunlik muddat o‘tib, jarimani to‘lamasdan yurgan haydovchilar boshqaruvidagi avtomobillar davlat raqam belgilari hozirda ishlab turgan Auto Con maxsus moslamasi xotirasiga kiritildi, bundan tashqari, ro‘yxat asosida uyma-uy yurilib, maxsus tadbir o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют