» » Buklanuvchan Samsung smartfonining narxi va qachon savdoga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Buklanuvchan Samsung smartfonining narxi va qachon savdoga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi


20-fevral kuni Samsung kompaniyasi San-Fransiskoda o‘tkazgan taqdimotda egiluvchan displeyli Galaxy Fold smartfoni va Galaxy S turkumidagi 10-flagmanni namoyish etdi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.

Galaxy Fold buklangan holatda oddiy smartfonga o‘xshaydi, ammo uni ochib, planshetga aylantirish mumkin.

Bukilish burchagi ekranning aynan o‘rtasida joylashgan. Planshet rejimida uning diagonali 7,3 dyuymni tashkil etadi, smartfon rejimida esa — 4,6 dyuym. Har bir korpusda to‘rt ming mA/soatlik batareya joylashgan bo‘lib, bitta quvvat manbasi sifatida qaraladi.

Smartfon oltita kamera bilan jihozlangan. Uchtasi orqa panelda, bittasi oldida va ikkitasi chetlarida joylashgan.

Qurilmaning narxi 1980 dollar bo‘lib, 26-aprel kuni sotuvga chiqariladi.

Galaxy S10 va S10 Plus flagmanlari o‘rtasidagi farq displeyga o‘rnatilgan selfi kamera bo‘ldi. Smartfonlar Infinity O-display yangilangan displeyga ega bo‘ldi (S10’da — 6,1 dyuym , S10 Plus’da — 6,4 dyuym). Bu mobil qurilmalarda ranglarni eng tiniq darajada ko‘rsatuvchi displeydir.

Smartfonlar ekrani ostida ultratovush barmoq izlari skaner joylashgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu mobil qurilmalar orasida eng tez va ishonchli skaner.

S10 va S10 Plus Snapdragon 855 va Exynos protsessorida ishlaydi. Smartfonlar sakkiz gigabaytdan 12 gigabaytgacha tezkor xotiraga va v S10 Plus bir terabaytgacha doimiy xotiraga ega.

Samsung S10 narxi 900 dollar, Samsung S10 Plus narxi esa 1000 dollar bo‘lib, ular 8-martdan savdoga chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют