» » O‘zbekistonda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasi o‘tkaziladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasini e’lon qiladi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Musobaqa “Robo-sumo” hamda “Robo-futbol” yo‘nalishlaridan iborat bo‘lib, 2 yosh toifasi o‘rtasida o‘tkaziladi.

“Robo-sumo” yo‘nalishi arduino platformasida yasalgan, o‘zini o‘zi boshqaruvchi 16 ta robot o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda qatnashish uchun 2 kishidan iborat bo‘lgan jamoa o‘z robotini yasashi kerak. Musobaqa g‘oliblariga Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Asian Science Camp oromgohiga borish uchun yo‘llanma beriladi.

“Robo-futbol” yo‘nalishi Lego konstruktorlarida yasalgan robotlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqa g‘oliblari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga kirish uchun 30 foiz qo‘shimcha ballarga ega bo‘ladi hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Musobaqaga qatnashish uchun barcha jamoalar onlayn ariza to‘ldirishlari talab etiladi. Arizalar 2019-yilning 5-martiga qadar reg.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 15:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют