» » O‘FA Krishtianu Ronaldu tahsil olgan Portugaliyaning “Sporting” klubi akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘FA Krishtianu Ronaldu tahsil olgan Portugaliyaning “Sporting” klubi akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari Portugaliyaning “Sporting” klubiga tashrif buyurib, klub bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, “Sporting” klubi akademiyasi direktori Paulo Gomes va klubning Sport loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mas’uli Diyego Goma bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bolalar futbolini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish mavzusida suhbatlashilgan. Shuningdek, joriy yil yozda O‘zbekistonda “Sporting” klubi futbol oromgohi tashkil etishi bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Biz futbolchilardan o‘zining yoshiga mos standartlar asosida mehnat qilishni, mashg‘ulotlar olib borishni talab qilamiz. Biz 14-15 yoshli futbolchidan aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatishni so‘ramaymiz. Bu yoshda u o‘z salohiyatini to‘liq namoyish qila olmaydi. Ammo bizning talablar asosida mehnat qilsa, 20 yoshga borib biz top-klublar e’tiborini qozona oladigan futbolchiga ega bo‘lamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Krishtianu Ronaldu bunga yorqin misol.

Paulo Gomes, “Sporting” klubi direktori 

Eslatib o‘tamiz, “Sporting” klubi akademiyasi dunyoga mashhur akademiya bo‘lib, o‘z vaqtida bu yerda Luish Figu, Krishtianu Ronaldu kabi jahon yulduzlari, “Oltin to‘p” sohiblari tahsil olgan. 2016-yil Yevropa chempionligiga erishgan Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchining 10 nafari “Sporting” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют