» » Mbappe mavsumda Messidan keyin 20 ta gol urgan ilk o‘yinchi bo‘ldi

Mbappe mavsumda Messidan keyin 20 ta gol urgan ilk o‘yinchi bo‘ldi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 ning qoldirilgan 17-turida “Monpelye” darvozasiga bitta gol urdi (5:1).

Joriy mavsum 20 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qildi.

Mbappe Yevropaning Top-5 chempionatlari orasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messidan (22) keyin eng ko‘p gol urgan o‘yinchi bo‘lib turibdi.

A Seriya to‘purarlari bahsida Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, 19 ta gol) yetakchilik qilmoqda. Angliya premyer ligasida Muhammad Saloh (“Liverpul”, 17) va Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 17), Bundesligada esa Luka Yovich (“Ayntraxt”, 14) to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют