» » Jizzaxda elektrikning qilgan xatosi oqibatida tok urishidan ayol vafot etdi

Jizzaxda elektrikning qilgan xatosi oqibatida tok urishidan ayol vafot etdi


Jizzaxda elektrikning majburiyatlarini puxta bajarmaganligi oqibatida tok urishidan ikki nafar voyaga yetmagan farzandning onasi vafot etdi, deya xabar beradi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Z.Shukurov (ism familiyasi o‘zgartirilgan) Mirzacho‘l tumani “G‘alaba” MFY hududidagi “Obod qishloq” dasturi asosida aholiga uy-joy qurilishiga elektrik sifatida ishga jalb qilinib, unga Mirzacho‘l tumani “G‘alaba” MFYda joylashgan qurilishi tugallanmagan namunaviy loyihadagi 21-xonadonga 220 volt kuchlanishli elektr simini sifatli o‘tkazish tayinlangan.

Z.Shukurov elektr simini tashqi mexanik ta’sirdan himoyalovchi jihozlar bilan himoyalamasdan o‘tkazganligi oqibatida ushbu xonadonda yashovchi Muborak Nabiyeva (ism familiyasi o‘zgartirilgan) elektr toki urib, voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi sudlanuvchi Z.Shukurovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют