» » Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qizning guruh bo‘lib zo‘rlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qizning guruh bo‘lib zo‘rlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qizning guruh bo‘lib zo‘rlangani haqida OAVlarda tarqalgan xabar yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi qizning besh oylik homilasi bor.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritishicha, Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqeani qator nashrlarda aytilgani kabi zo‘rlash, buning ustiga, guruh bo‘lib zo‘rlash deb atab bo‘lmaydi. Qiz 20 yoshli erkak bilan o‘z xohishiga ko‘ra aloqa o‘rnatgan.

“Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani Ichki ishlar boshqarmasi 13-fevral kuni 1999-yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi — 16 yoshga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi”, — dedi Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Qonunchilikka muvofiq, voyaga yetmagan qiz bilan aloqaga kirishgan yigit jamoat ishlaridan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazoga tortilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют