» » Surxondaryoda mingdan ortiq fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi

Surxondaryoda mingdan ortiq fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi


Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari 2019-yil 1-aprelga qadar xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondini ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirsa, avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun soliqlarni qo‘shimcha hisoblashdan ozod qilinishi belgilangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu borada Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar, amalga oshirilgan targ‘ibot- tushuntirish ishlari natijasida viloyatda 2019-yilning o‘tgan davrida davomida 453 ta korxonada norasmiy ishlayotgan 1019 nafar ishchi-xodimlar faoliyati qonuniylashtirildi.

– Joriy yilning o‘tgan vaqti mobaynida 50 nafar norasmiy ishlayotgan ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzdik, – deydi “Saodatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi ish yurituvchisi Furqat Safarov. O‘tgan yili 75 milliard so‘mlik qurilish ishlarini bajargan bo‘lsak, 2019-yilda ish hajmini ikki barobarga oshirishni rejalashtirganmiz.

Eslatib o‘tamiz: Xufiyona iqtisodiyotga barham berish, aholining real daromadlarini oshirish, ish o‘rinlari va mehnatga haq to‘lash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida soliq qonunchiligiga joriy yil 1-yanvardan e’tiboran bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi. Xususan:

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining amaldagi 4 ta pog‘onali stavkalari o‘rniga yagona 12 foizlik stavka belgilandi;

Pensiya jamg‘armasiga 8 foizli sug‘urta badali bekor qilindi;

Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 va 15 foizdan 12 foizga tushirildi.

Natijada, ish haqi fondiga soliq yuki o‘rtacha 1,8 marotabaga kamayib, xodimlarning ish haqini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati yuzaga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют