» » Namanganda maktab direktori 300 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Namanganda maktab direktori 300 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi


2019-yil 19-fevral kuni Q.M. ismli ayol Namangan viloyat IIBga tamagirlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Arizachi Namangan shahridagi 31 va 70-sonli maktablarda tahsil oluvchi farzandlarini 42-sonli maktabga ko‘chirish maqsadida kelganida ushbu maktabdagi M.M ismli ayol buning evaziga 300 ming so‘m talab qilganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan shu kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 42-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlovchi M.M. o‘z xizmat xonasida 300 ming so‘mni pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan  JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют