» » Baring Vostok ishining barcha figurantlariga ayblovlar e’lon qilindi

Baring Vostok ishining barcha figurantlariga ayblovlar e’lon qilindi


“Vostochniy” bankidan 2,5 milliard rubl o‘g‘irlash ishi bo‘yicha barcha figurantlarga ayblovlar e’lon qilindi. Bu haqda Baring Vostok asoschisi Maykl Kalvining advokati Dmitriy Kletochkin ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Mazkur ish bo‘yicha jami olti kishi: Maykl Kalvi, Baring Vostok’ning hamkori Vagan Abgaryan, moliyaviy sektor sanoati bo‘yicha fondning hamkori Filipp Delpal, investitsiyalar bo‘yicha direktor Ivan Zyuzin, ‘Vostochniy’ bankining sobiq boshqaruv raisi Aleksey Kordichev va ‘Birinchi kollektorlik byurosi’ bosh direktori Maksim Vladimirov ayblanmoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, bankirlar “Birinchi kollektorlik byurosi”ning 2,5 milliard rubl qarzini “Vostochniy” uchun foydali bo‘lmagan sharoitlarda tartibga solish uchun til biriktirgan. Bank kompensatsiya tariqasida IFTG’ning 59,9 foiz aksiyalarini qo‘lga kiritgan. Aksiyadorlar majlisida ushbu firma aktivlarining qiymati 3 milliard rublni tashkil etishi ma’lum qilingan. Biroq tergov ularning qiymati 600 ming rublga teng deb hisoblamoqda.

Barcha figurantlar 13-aprelga qadar hibsga olingan. Ular o‘z aybini rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maykl Kalvi Sherzod Yusupovni aldaganlikda gumon qilinayotganligi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют