» » O‘zbekiston 2019-yilda asosan qaysi mahsulotlarni eksport qildi?

O‘zbekiston 2019-yilda asosan qaysi mahsulotlarni eksport qildi?


2019-yil yanvar oyida eksport hajmi 1 675 729,9 ming dollarga (o‘sish sur’ati 16,6 foiz) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Eksport tarkibida tovarlar 88,0 foiz ulushga ega bo‘lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (14,8 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (3,6 foiz), shuningdek, qora va rangli metallar (5,3 foiz) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2019-yilning yanvar oyida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmagan, lekin 2019-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan eksportning umumiy hajmida ayrim turdagi tovar va xizmatlarda o‘sish sur’atlari qayd etildi.

2019-yilning yanvar oyi mobaynida eksport qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,9 million dollarga ko‘p eksport qilindi va 1474,4 million dollarni tashkil etdi. Xizmatlar eksporti esa 201,3 million dollarga yetgan.

Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 31,8 foizini tashkil qiladi.

2019-yil yana faol oltin sotuvi bilan boshlandi

Yanvar oyida O‘zbekiston 1,6 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilgan bo‘lsa, bundan 812 million dollar oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda ham shunday holat kuzatilgandi, yanvar oyida mamlakat 1,4 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilgan, biroq o‘shanda oltin yanada ko‘proq eksport qilingan (846 million dollarlik).

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 863,6 million AQSh dollarini tashkil etib, 46,1 foizga o‘sdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют