» » Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan axborot berdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan axborot berdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan axborot berdi.

Ommaviy axborot vositalari (OAV) tomonidan 2019-yil 20-fevral kuni soat 09:30 da Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasidan MINI UZI IWI pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar e’lon qilindi.

Mazkur holat maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aniqlangan va maktab ma’muriyati mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman IIBga murojaat qilgan. Qo‘shimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga o‘quvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan va mamlakatda pnevmatik qurollar savdosiga hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.

Vazirlik tomonidan maktab rahbarlariga ota-onalar bilan majlislar o‘tkazib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni farzandlariga jamoat joylarida, jumladan, maktab hududiga bu kabi buyumlarni olib kelmasligi haqida tushuntirishlar berishga chaqirdi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati OAV vakillarini bu kabi holatlardan shov-shuv yaratmaslikka chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют