» » Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi bir nechta maktablarning buzilishi haqidagi ma’lumot yuzasidan raddiya berdi

Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi bir nechta maktablarning buzilishi haqidagi ma’lumot yuzasidan raddiya berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bir nechta umumta’lim maktablarining buzilishi haqida ma’lumot tarqatildi. Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarning noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

Bugungi kunga qadar Xalq ta’limi vazirligiga mazkur maktablarning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют