» » Qimorvoz aniqlangan qimor o‘yini haqida “miq etmaslik” evaziga IIB xodimiga 3 million pora taklif qildi

Qimorvoz aniqlangan qimor o‘yini haqida “miq etmaslik” evaziga IIB xodimiga 3 million pora taklif qildi


20-fevral kuni kechki soat 20:10 larda Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Kitob tumani bo‘limi, Kitob tumani prokuraturasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kitoblik fuqaro H.R. profilaktika inspektori mayor G‘ayrat Narzullayevga 2 million 453 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20-fevral kuni Kitob tumani IIB profilaktika katta inspektori mayor G‘ayrat Narzullayev tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgida yozilishicha, 19-fevral kuni Kitob tumani, Obikanda MFY, Ishqol qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.B.ning yashash uyida qimor o‘yinlari bo‘layotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirgan. Qimor o‘yini ishtirokchisi, 1963-yilda tug‘ilgan Tuyul qishlog‘ida yashovchi H.R. mazkur holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rmaslik va ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan 440 dollar miqdoridagi pullarni qaytarib berish evaziga profilaktika inspektoriga 3 million so‘m pullarni pora sifatida taklif qilayotganligini ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha mayor G‘ayrat Narzullayev tomonidan fuqaro H.R. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni hujjatlashtirilgan va ushbu holat tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Kitob tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют