» » Pens: AQSh MRBning hujjatlari WikiLeaks’da e’lon qilinishiga aloqadorlarning barchasini aniqlamoqchi

Pens: AQSh MRBning hujjatlari WikiLeaks’da e’lon qilinishiga aloqadorlarning barchasini aniqlamoqchi


AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Fox News telekanali efirida Vashington WikiLeaks tashkiloti saytida Markaziy razvedka boshqarmasi faoliyatiga taalluqli hujjatlar e’lon qilinishida qo‘li bo‘lgan kishilarning barchasini javobgarlikka tortish uchun zarur bo‘lgan har qanday choralarni ko‘rishga tayyorligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Pens ta’kidlashicha, agar gap haqiqatan ham MRB hujjatlari haqida bo‘lsa, bu so‘nggi vaqtlar ichida AQSh milliy xavfsizligiga yetkazilgan ahamiyatli puturlardan biriga aylanishi mumkin.

Shu bilan birga, Pens ushbu hujjatlar bir yil oldin — AQShning avvalgi ma’muriyati boshqaruvi chog‘ida tarqalib ketganiga e’tibor qaratdi.

Ammo vitse-prezident WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qandaydir ayblovlar e’lon qilinishi haqidagi savolga javob bermadi.

Pensning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Amerika hukumati ushbu holat bo‘yicha puxta tekshiruv olib bormoqda.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют