» » Yevropa Ligasi. “Arsenal”, “Chelsi” va “Inter” yirik hisobda g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi

Yevropa Ligasi. “Arsenal”, “Chelsi” va “Inter” yirik hisobda g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi


21-fevral, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Minskning BATE jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 4-daqiqasidayoq mehmon jamoa a’zosi Zahar Volkov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:0). 39-daqiqaga kelib esa Shkodran Mustafi Granit Jaka uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

So‘nggi gol 60-daqiqada kiritildi. Unga Loran Kosyelni o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Sokratis Papastatopulos mualliflik qildi.

Shu tariqa londonliklar javob uchrashuvida BATE darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, g‘alaba qozondi va umumiy hisobda 3:1 ga mag‘lub etdi.

Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” o‘z maydonida Shvetsiyaning “Malmyo” jamoasini qabul qildi.

O‘yinda Olivye Jiru (55), Ross Barkli (74), Kallum Hadson-Odoi (84) tomonidan kiritilgan gollar “aristokratlar”ning g‘alabasini ta’minladi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra Mauritsio Sarri shogirdlari “Malmyo”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi va musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa” stadionida Venaning “Rapid” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 11-daqiqasida Matias Vesino hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Andrea Ranokkia hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 80 va 87-daqiqlarida Ivan Perishich hamda Matteo Politano ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa milanliklar “Rapid Vena” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Yevropa Ligasi nimchorak finaliga chiqdi.

Yevropa Ligasi

1/16 final bahslari

21-fevral, payshanba

Gollar: 1:0 — 15 Orsich, 2:0 — 34 Dilaver, 3:0 — 73 Petkovich

Gollar: 1:0 — 4, avtogol, Volkov, 2:0 — 39 Mustafi, 3:0 — 60 Papastatopulos

Gollar: 0:1 — 45 Fernandes, 1:1 — 80 Fornals

Gollar: 1:0 — 4 Ozdoyev, 2:0 — 37 Azmun, 2:1 — 43 Topal, 3:1 — 76 Azmun

Gollar: 1:0 — 70 Gameyro

Gollar: 1:0 — 23 Yovich, 2:0 — 27 Haller, 2:1 — 64 Morayes, 3:1 — 80 Haller, 4:1 — 88 Rebich

Gollar: 1:0 — 43 Verdi, 2:0 — 75 Ounas

Gollar: 1:0 — 17 Shlager, 2:0 — 29 Daka, 3:0 — 43 Daka, 4:0 — 90 Dabbur

Gollar: 1:0 — 55 Jiru, 2:0 — 74 Barkli, 3:0 — 84 Xadson-Odoi

Gollar: 0:1 — 84 Sulaymonov, 1:1 — 87 Arangis

Gollar: 0:1 — 22 Bensebayni, 0:2 — 30 Ben Arfa, 1:2 — 41 Lo Selso, 1:3 — 90 Nyang

Gol: 1:0 — 32 Sol

Gollar: 1:0 — 10 Trossard, 1:1 — 23 Koufal, 1:2 — 53 Traore, 1:3 — 64 Shkoda, 1:4 — 68 Shkoda

Gollar: 1:0 — 11 Vecino, 2:0 — 18 Ranokkia, 3:0 — 80 Perishich, 4:0 — 87 Politano

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют