» » DXX o‘zbekistonlik adashgan ayol va uning uch nafar farzandini Turkiyadan qaytardi

DXX o‘zbekistonlik adashgan ayol va uning uch nafar farzandini Turkiyadan qaytardi


Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida istiqomat qiluvchi Almurod To‘rayev 2 o‘g‘il, 2 qizni tarbiyalab, turmush o‘rtog‘i bilan tinch-totuv, baxtli hayot kechirib kelayotgan edi. Biroq o‘g‘illarining noqobil chiqishi uning boshini egdi, deya xabar beradi O‘zA.

1974-yilda hamda 1987-yilda tug‘ilgan aka-uka Ilhom va Erkin To‘rayevlar 2011 yilda Rossiyaga ishlash uchun boradi. Afsuski, ular u yerda “O‘zbekiston islom harakati” xalqaro terrorchi tashkiloti safiga qo‘shilib qoladi va odamlarni yollash bilan shug‘ullana boshlaydi. Shu orada Ilhom To‘rayev turmush o‘rtog‘i va farzandlarini ham yolg‘on va’dalar bilan o‘z yoniga chaqirib oladi. Ammo, Ilhomning qing‘ir harakatlari uzoqqa cho‘zilmadi. Tez orada u huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ilhom To‘rayev qo‘lga olingan vaqtda uning ukasi Erkin Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘nim topib, Pokiston, Afg‘oniston va Suriya davlatlaridagi “O‘zbekiston islom harakati” va “Imom al-Buxoriy katibasi” xalqaro terrorchi tashkilotlar safiga yangi a’zolarni yollash va jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanib kelardi. Shundan so‘ng Erkin 2013-yil akasining turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Rossiyadan Turkiyaga chaqirib oladi va ularni ham o‘zlarining safiga qo‘shadi.

2019-yil Almurod To‘rayev uchun xayrli boshlandi. Sababi, to‘ng‘ich farzandi Ilhom To‘rayevning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi.

— 2013-yili o‘zga yurtlarga ketib, adashib diniy oqimlarga aralashib qoldim, — deydi Xolbibi Ko‘chirova. — Istambul shahrida farzandlarim bilan ijarada qiynalib yashadim, bolalarimning hujjatlari yo‘q edi, hech qayerga murojaat qilolmadim. 10 yoshli katta farzandim hujjati yo‘qligi uchun maktabda o‘qiy olmadi. Vatanga qaytgim kelardi, lekin qaytishni iloji bo‘lmadi. Prezidentga ming rahmat, bizga shunday imkoniyatlar berdi. Mana bugun farzandlarim bilan o‘z uyimda o‘tiribman.

67 yoshni qarshilagan Almurod To‘rayev marhum turmush o‘rtog‘i bilan farzand dog‘ida hayotning ko‘p mashaqqatlarini chekdi. O‘tgan yili farzandlari dog‘ida ayoli qazo qilgach, hovlida bir o‘zi qolgandi.

Hozirda uning katta o‘g‘li Ilhom To‘rayev Sherobod tumanida joylashgan manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayapti. Shu bilan birga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi g‘isht zavodida shartnoma asosida ishlab kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют