» » Sherzod Shermatov Prezident maktablari tashkil etilishini olmosni brilliantga aylanishiga qiyosladi

Sherzod Shermatov Prezident maktablari tashkil etilishini olmosni brilliantga aylanishiga qiyosladi


Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov ozining Facebookdagi sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 20-fevralida qabul qilgan Prezident maktablarini tashkil etish togrisidagi Qarori yuzasidan oz fikrlarini bildirdi.

Prezident maktablarini tashkil etish boyicha kuni kecha qabul qilingan qaror yoshlarimiz orasida oziga xos iqtidorga ega bolganlari uchun kelgusida oz istedodlarini namoyon etishga juda katta imkoniyatlar ochib beradi.

Bu jarayonni olmosni brilliantga aylanish jarayoniga oxshatsa boladi. Etibor qaratilmasa, olmos ham oddiy toshga oxshab qadrsizdek korinishi mumkin, lekin haqiqiy ustasining qolida u juda qimmatbaho brilliantga aylanadi.

Hozirgi kunda, mamlakatimizning turli chekka yerlarida yashayotgan yoshlar orasida iqtidorli oquvchilarimiz kop. Prezident maktablarining maqsadi esa ana shunday oziga xos iqtidorli yoshlarni vaqtida tanlay olish va ularga yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maqsadli talim va tarbiya berilishidir.

Shu maqsadda, Prezident tomonidan qoyilgan eng asosiy va eng qiyin vazifa ham aynan tanlov jarayonini xolis va togri tashkil qilishdir. Albatta, zamonaviy bino va oquv jihozlar bilan taminlash, oquv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish ham juda muhim vazifadir. Lekin tanlov togri tashkil etilmas ekan, katta mablag sarf qilinadigan bunday ishlarning ham samarasi yuqori bolmasligi aniq.

Tanlovni togri va xolis tashkil etish uchun nufuzli xorijiy hamkor tashkilotni jalb etish rejalashtirilgan va hozirda qator tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda, deydi vazir.

Eslatib otamiz, Prezident maktablarini tashkil etishdan asosiy maqsad talim jarayoniga ilgor texnologiyalarni qollash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va oqitish, ragbatlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qollab-quvvatlash, shuningdek, oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirish, yetakchilik konikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qollash kabi konikmalarni shakllantirishdan iborat.

Prezident maktablari Qoraqalpogiston Respublikasida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan talim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Prezident maktablarining qurilish ishlari 2019-yilda bir vaqtning ozida Toshkent va Nukus shaharlarida hamda Xorazm viloyatida boladi. Oz navbatida, 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Fargona viloyatlarida, shuningdek, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-02-2019, 09:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -