» » Chirchiqdagi askarlarga imtiyozli kreditlar beriladi

Chirchiqdagi askarlarga imtiyozli kreditlar beriladi


Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida kelgusida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti ofitseri kapitan O‘rozali Boybekov ma’lum qildi.

O‘quv seminari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan.

O‘quv seminarida Chirchiq shahar hokimining yoshlar siyosatini ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Matkarimov, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Chirchiq shahar filiali rahbari F.Axmedov, “Xalq banki” Chirchiq shahar filiali yetakchi mutaxassisi S.Yuldashev, “O‘zsanoat qurilish bank” yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmetovlar ishtirok etgan.

O‘quv seminari davomida muddatli harbiy xizmatchilarga tegishli mutasaddi xodimlar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samarali biznes loyihalarini tuzish, kreditlar olish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

Seminarining yakuniy qismida muddatli harbiy xizmatchilar belgilangan imtihon mezoniga muvofiq sinovdan o‘tkazildi va 7 nafar muddatli harbiy xizmatchi a’lo baho bilan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish uchun sertifikat” olish uchun yo‘llanma olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют